Young Economic Forum Frankfurt 2026

Germaniya
Muddati: Apr 25, 2026
Juda qisqa (1-5 kun)
To'liq moliyalash
Konferensiya

Tavsif

Young Economic Forum Frankfurt 2026 bu Germaniyada o‘tkaziladigan xalqaro forum, va unda turli davlatlardan talabalar, yosh mutaxassislar va kelajak yetakchilari ishtirok etadi. Forum davomida ishtirokchilar global iqtisodiyot, siyosat va zamonaviy muammolar haqida muhokama qiladi, yangi bilim va tajriba orttiradi. Bu, ayniqsa, xalqaro muhitda o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun katta imkoniyat.

Talablar

  • Yosh: 18–35 yosh oralig‘ida bo‘lishi kerak;

  • Iqtisodiyot, siyosat yoki ijtimoiy sohalarga qiziqish bo‘lishi kerak;

  • Ingliz tilida oddiy muloqot qila olish;

  • Faol, tashabbuskor va o‘rganishga tayyor bo‘lish.

Foydali tomonlari

  • Aviachipta, premium turar-joy va ovqatlanish harajatlari qoplanadi;

  • Viza uchun taklif xati;

  • Xalqaro do'stlar orttirish.

Ariza topshirish jarayoni

  • Berilgan havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tasiz;

  • Ariza formasini to‘ldirasiz (shaxsiy ma’lumotlar, motivatsiya va boshqalar);

  • Ba’zi savollarga javob yozasiz (nima uchun qatnashmoqchisiz kabi);

  • Arizani yuborasiz va natijani kutasiz.

Qisqa ma'lumot

Daraja

Bakalavr / Magistratura / PhD

Davlat

Germaniya

Muddati

Apr 25, 2026

Turi: regular

Format

Offlayn

Davomiyligi

Juda qisqa (1-5 kun)