Butunjahon yoshlar festivali 2026 (Russia)
Rossiyada o‘tkaziladigan Butunjahon yoshlar festivali (WYF 2026) butun dunyodan eng faol yosh yetakchilarni birlashtiruvchi ulkan xalqaro tadbirdir. Rossiya Prezidentining farmoniga binoan, bu yilgi festival Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tadi.
Dastur 2026-yilning 11-sentabridan 17-sentabrigacha, bir hafta davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Festivalda dunyoning turli burchaklaridan 10 000 nafar ishtirokchi va 2 000 nafar ko‘ngilli (volontyor) qatnashishi kutilmoqda.
Dasturning asosiy maqsadi — dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish yo‘lida yoshlarni umumiy g‘oya atrofida birlashtirishdir. Minglab yoshlar yangi do‘stlar orttirish, o‘z orzularidagi jamoani shakllantirish, o‘zaro tajriba almashish va global o‘zgarishlarni boshlash uchun bir maydonda jam bo‘ladilar. Bu loyiha yoshlar uchun o‘z g‘oyalarini amalga oshirish va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun noyob imkoniyat hisoblanadi.
Ishtirokchilar uchun (Participants):
Yoshi: 14 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar.
Kimlar uchun: Talabalar yoki o‘z sohasining yosh mutaxassislari.
Mamlakat: Dunyoning istalgan davlatidan nomzodlar qabul qilinadi.
Ko‘ngillilar uchun (Volunteers): Festivalning 5 000 nafar ko‘ngillilari har bir mehmonga rus mehmondo‘stligi va ochiqligini namoyon etishadi. Talablar:
Yoshi: 18 yosh va undan yuqori.
Shaxsiy sifatlar: Yuqori motivatsiya, muloqotga kirishuvchanlik, stressga chidamlilik va jamoada ishlash qobiliyati.
Tillar: Bir yoki bir nechta xorijiy tillarni yaxshi bilish.
Tajriba: Ko‘ngillilik yoki ijtimoiy loyihalarda tajribaga ega bo‘lish.
Tayyorgarlik: Saralash va o‘quv mashg‘ulotlarining barcha bosqichlaridan o‘tishga tayyorlik.
Rezidentlik: Rossiya fuqarolari yoki Rossiya Federatsiyasi hududida yashovchi xorijiy fuqarolar.
Festival barcha ishtirokchilar va ko‘ngillilar uchun quyidagi asosiy xarajatlarni qoplaydi:
Turar joy: Barcha qatnashchilar bepul yashash joyi bilan ta’minlanadi.
Oziq-ovqat: Tadbir davomida ovqatlanish xarajatlari tashkilotchilar zimmasida.
Logistika: Tadbir o‘tkaziladigan joyda ichki transport xizmatlari bepul.
Yo‘l xarajatlarining qoplanishi ishtirokchining yoshi va to‘plagan balliga bog‘liq:
14–17 yoshli ishtirokchilar: Borish va kelish aviachiptalari to‘liq tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
18–35 yoshli ishtirokchilar:
Saralashda eng yuqori ball to‘plagan nomzodlarning yo‘l xarajatlari tashkilotchilar tomonidan to‘lab beriladi.
Yetarli ball to‘play olmagan, lekin festivalga qabul qilingan ishtirokchilar yo‘l xarajatlarini o‘z hisobidan yoki ularni yuborgan tashkilot (OTM, ish joyi va h.k.) hisobidan qoplashlari kerak bo‘ladi.
Hayot va sog‘liq sug‘urtasi;
Maxsus kiyim-kechaklar (ekipirovka) va esdalik sovg‘alari;
Festival hamkorlaridan qimmatbaho sovg‘alar.
Festivalda ishtirok etish uchun nomzodlar barcha bosqichlarni Butunjahon yoshlar festivalining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirishlari kerak:
Ro‘yxatdan o‘tish: Dastlab rasmiy platformada shaxsiy kabinet oching.
Ma’lumotlarni to‘ldirish: Talab qilingan barcha shaxsiy va professional ma’lumotlarni diqqat bilan kiriting.
Tasdiqlash: Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, ko‘rsatilgan elektron pochta manzilingizga tasdiqlovchi xat keladi.
Ko‘rsatmalarga amal qilish: Elektron pochta orqali kelgan keyingi qadamlar va saralash bosqichlari bo‘yicha yo‘riqnomalarni bajaring.