KAUSTdagi Visiting Student Research Program (VSRP) bakalavr va magistratura talabalariga STEM yo‘nalishlarida 2–6 oylik amaliyot imkoniyatini beradi. Talabalar 100+ loyiha orasidan qiziqishlariga mos tadqiqot mavzusini tanlashlari mumkin. Dastur yil davomida moslashuvchan bo‘lib, boshlanish va tugash sanasini o‘zingiz belgilashingiz mumkin.
Bakalavriatda kamida 3-bosqich talabasi yoki magistratura talabasi (yoki magistr darajasiga ega) bo‘lish;
Ingliz tilini yaxshi bilish (dastur ingliz tilida).
1000 AQSH dollarlik oylik stipendiya;
Viza va sug'urta xarajatlari qoplanadi;
Bepul turar-joy;
Labaratoriya va tatqiqot resurslaridan foydalanish.
Onlayn ariza formasini to‘ldirasiz (shaxsiy va akademik ma’lumotlar);
Kerakli hujjatlarni yuklaysiz (CV, transkript, motivatsion xat va h.k.);
Saralashdan o‘tsangiz, email orqali javob beriladi va keyingi bosqichga o‘tasiz.