TSC'da jamoasiga qo'shilish imkoniyati

O‘zbekiston
Muddati: May 10, 2026
Kengaytirilgan (3-9 oy)
Bepul ishtirok
Volontyorlik

Tavsif

TSC bu Markaziy Osiyodagi ilk o‘quvchilar tomonidan boshqariladigan xalqaro sport hamjamiyati bo‘lib, turli mamlakatlar bo‘ylab nufuzli maktablarni birlashtiradi hamda o‘quvchilarga kuchli networking va tajriba orttirish imkonini beradi!

Loyiha doirasida nafaqat nufuzli maktablar o'rtasida, balki TSC hamjamiyati orasida ham musobaqalar tashkil etiladi. Tanlab olingan jamoa a’zolari o'z hududidagi sport boshqarmasi bilan doimiy aloqada bo'lib, rejalashtirilgan musobaqa tashkillashtirish, ishtirokchilar bilan o'zaro muloqot qilishadi.

Talablar

  • 15–20 yosh oralig‘ida bo‘lishi

  • Sport musobaqalari va insonlar bilan muloqotga ishtiyoqi kuchli bo‘lishi

  • Jamoa bilan faol ishlashga va 9 oy davomida loyihada qatnashishga tayyor bo‘lsangiz

  • Barqaror internetga ega bo'lishi, topshiriqlarni va onlayn muloqotni amalga oshira olishi

  • Rejali va deadline bilan ishlay olishi


Foydali tomonlari

  • Sport Vazirligi, davlat sport boshqarmalari va boshqa hamkorlar tomonidan ko'maklashuv
    - Nufuzli universitetlarga topshirish jarayonida Sport yo'nalishida uzoq muddatli Extracurricular Activityga ega bo'lish

  • Jamoaviy ish va liderlik ko‘nikmalari rivojlanadi

  • Eng faol jamoa a'zolari uchun sertifikat va rasmiy tavsiyanoma

  • O'zbekiston, qolaversa qo'shni davlatlardagi kuchli kalibrli o'quvchilar bilan networking shakillantirish

Ariza topshirish jarayoni

Jarayon: TSC loyihasining maxsus Telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tasiz. Ro‘yxatdan o‘tgach, ariza formasini to‘ldirish uchun havolaga ega bo‘lasiz.

Natijalar: Saralashdan o‘tgan nomzodlarga rasmiy xabarnoma yuboriladi va ular intervyuga taklif etiladi. Intervyudan muvaffaqiyatli o‘tganlar jamoaga qabul qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Loyiha doirasida jamoa tarkibi har oy qayta ko‘rib chiqiladi: faol va e’tirofga loyiq hissa qo‘shgan a’zolar jamoada qoladi va ularning lavozimi oshiriladi. Qolgan a’zolar o‘rniga yangi nomzodlar jalb etiladi.

Qisqa ma'lumot

Davlat

O‘zbekiston

Muddati

May 10, 2026

Turi: regular

Format

Offlayn

Davomiyligi

Kengaytirilgan (3-9 oy)

Ariza to'lovi

Yo'q