Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest bu AQShda har yili o‘tkaziladigan xalqaro she’riyat tanlovidir. Tanlovning asosiy maqsadi bu eng original, chuqur ma’noli va badiiy jihatdan kuchli she’rlarni aniqlash. Unda dunyoning turli davlatlaridan ijodkorlar ishtirok etadi. G‘oliblar katta pul mukofotiga ega bo‘lishadi va ularning she’rlari rasmiy platformada e’lon qilinadi. Bu esa ishtirokchilarga xalqaro darajada tanilish imkonini beradi.
Tanlov barcha yosh toifasidagi ishtirokchilar uchun ochiq;
Ishtirokchilar o‘zlari yozgan original she’rlarni topshirishlari kerak;
She’r ingliz tilida bo‘lishi talab etiladi;
Oldin chop etilmagan yoki mukofot yutmagan she’rlar afzal ko‘riladi.
Har bir asosiy yo‘nalishda $3,500 pul mukofoti;
She'rlar rasmiy saytda e’lon qilinadi;
Global darajada e’tibor va reputatsiya.
Rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘ting;
O‘zingiz yozgan she’rni tayyorlang;
Onlayn forma orqali she’ringizni yuklang;
Arizani yuboring va natijani kuting.