John Locke Institute yoshlar o‘rtasida mustaqil fikrlash, bilim chuqurligi, aniq mantiqiy mulohaza, tanqidiy tahlil va ishonarli yozuv uslubini rivojlantirishni rag‘batlantiradi. Ushbu insholar tanlovi o‘quvchilarni maktab o‘quv dasturidan tashqaridagi keng ko‘lamli, murakkab va qiziqarli savollarni tadqiq qilishga chorlaydi.
Tanlovda ishtirok etish bilim darajasini oshirish bilan birga, argumentatsiya ko‘nikmalarini charxlaydi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘z ishlarini soha ekspertlari tomonidan baholatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Barcha insholar Oxford, Cambridge, Harvard, Princeton va Stanford kabi yetakchi universitetlarning akademiklaridan iborat hay’at tomonidan, bosh hakam professor Terence Kealey rahbarligida baholanadi.
Yo‘nalishlar va taqdirlash tartibi Hakamlar quyidagi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblarini aniqlaydi: Iqtisodiyot, Tarix, Xalqaro munosabatlar, Huquq, Falsafa, Siyosat, Psixologiya, Davlat siyosati, Fan va texnologiya hamda Teologiya. Shuningdek, barcha yo‘nalishlar ichidagi eng yaxshi ish muallifiga "Grand Prize" (Bosh sovrin) topshiriladi.
Kichik yoshdagi (Junior) ishtirokchilar istalgan yo‘nalishdagi savollarga javob berishlari mumkin va ular o‘z tengdoshlari orasida alohida tartibda baholanadi.
Ishtirok etish dunyo bo‘ylab barcha uchun ochiq va mutlaqo bepul. Faqat belgilangan muddatgacha ro‘yxatdan o‘tganlar insho topshirishi mumkin.
Insho talablari:
Hajm: Maksimal 2000 so‘z.
Format: Tanlangan yo‘nalishdagi faqat bitta savolga javob.
Anonimlik: Insho ichida muallif ismi yozilmasligi shart.
Manbalar: Faqat matn oxiridagi izohlar (endnotes) yoki adabiyotlar ro‘yxatiga (Bibliography) ruxsat beriladi.
Faylni nomlash (PDF): Fayl nomi Ism-Familiya-Yo‘nalish-SavolRaqami.pdf formatida bo‘lishi shart. Boshqa formatdagi ishlar qabul qilinmaydi.
Tavsiyachi (Referee): Insho muallifining o‘qituvchisi yoki qarindosh bo‘lmagan mas’ul shaxsning email manzili ko‘rsatilishi kerak. Institut ishning original ekanini tekshirish uchun ular bilan bog‘lanadi.
Rozilik: Insho topshirish orqali ishtirokchi o‘z ma’lumotlaridan tanlov va tadbirlar haqida xabardor qilish maqsadida foydalanishlariga rozilik beradi.
Eng zo'r insho muallifi John Locke Junior Fellowship unvoniga ega bo'ladi;
$5000 gacha stipendiya yutib olish imkoniyati;
London shahrida bo'ladigan mukofot berish marosimida qatnashish imkoniyati.
2026-yilgi Global Essay Prize tanlovi uchun ro‘yxatdan o‘tish ochiq deb e’lon qilindi. Faqat belgilangan muddatgacha ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilargina keyinchalik insho topshirish huquqiga ega bo‘ladi.