The Fountainhead Essay Contest

Amerika Qo‘shma Shtatlari
Muddati: Jul 31, 2026

Tavsif

The Fountainhead Essay Contest — bu The Ayn Rand Institute tomonidan tashkil etiladigan xalqaro esse tanlovi.Tanlov ishtirokchilardan Ayn Randning “The Fountainhead” asarini o‘qib, berilgan mavzulardan biri asosida ingliz tilida esse yozishni talab qiladi. Ushbu dastur yoshlarning tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va akademik yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi hamda ularning fikrlarini xalqaro miqyosda namoyish etish imkoniyatini yaratadi.

Talablar

  • 14–18 yoshdagi o‘quvchilar ishtirok etishi mumkin;

  • Dunyoning istalgan davlatidan qatnashish mumkin;

  • Ishtirokchilar “The Fountainhead” asarini o‘qib chiqishi kerak;

  • Esse ingliz tilida yozilishi talab etiladi;

  • Har bir ishtirokchi faqat bitta original esse topshirishi mumkin.

Foydali tomonlari

  • 40,000$ gacha pul mukofotlari;

  • Tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul;

  • Xalqaro miqyosda tan olinish va ijodiy ko'nikmalarni rivojlantirish imkoniyati.

Ariza topshirish jarayoni

  • “The Fountainhead” kitobini o‘qib chiqish;

  • Tanlov uchun berilgan esse mavzularidan birini tanlash;

  • Belgilangan so‘zlar soni asosida ingliz tilida esse yozish;

  • Esse faylini onlayn platforma orqali yuklash;

  • Arizani 2026-yil 31-iyulgacha topshirish.

Qisqa ma'lumot

Daraja

Almashinuv (Maktab)

Davlat

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Muddati

Jul 31, 2026

Turi: regular

Format

Onlayn

Ariza to'lovi

Yo'q