Technology Leaders of the Future

Kipr
Muddati: Jan 10, 2027
Juda uzoq (3+ yil), Uzoq (1-2 yil)
To'liq moliyalash
To‘liq taʼlim

Tavsif

TLF dasturi iqtidorli o‘quvchilarga moliyaviy imkoniyatlaridan qat’i nazar, dunyo darajasidagi ta’lim olish imkonini berishga qaratilgan. Dastur to‘liq moliyalashtirilgan stipendiya asosida o‘qishni taklif qiladi va xalqaro IB o‘quv dasturini ilg‘or STEM yo‘nalishi bilan birlashtiradi. Tanlab olingan o‘quvchilar matematika, fizika va kompyuter fanlari kabi sohalarda o‘z salohiyatini rivojlantirib, texnologiya hamda tadbirkorlik kesishgan nuqtasida noyob ta’lim tajribasiga ega bo‘ladilar.

Talablar

  • 14–16 yosh oralig‘ida bo‘lishi;

  • MDH mamlakatlari, Boltiqbo‘yi davlatlari yoki Ukrainadan bo‘lishi;

  • Matematika, fizika yoki kompyuter fanlariga qiziqish va yuqori akademik salohiyatni namoyon etishi;

  • Texnologiya va tadbirkorlikka qiziqishi kerak.

Foydali tomonlari

  • Bepul yotoqxona va oziq-ovqat;

  • O'qish to'lovlaridan ozod qilinish, darsliklar;

  • 2-4 yil IB diplomada o'qish.

Ariza topshirish jarayoni

1. Ariza topshirish
Nomzodlar onlayn ariza formasini to‘ldirib, o‘zlari haqida asosiy ma’lumotlarni taqdim etadilar.

2. Test bosqichi
Saralash 3 bosqichdan iborat:

  • Onlayn matematika testi (mustaqil ishlanadi, onlayn nazorat bilan)

  • Yozma matematika imtihoni (belgilangan vaqtda onlayn)

  • Mutaxassislik bo‘yicha imtihon (tanlangan yo‘nalishga qarab)

3. Maktab bosqichi
Hamkor maktablar qo‘shimcha saralash o‘tkazishi mumkin. Bunga ingliz tili testi, kognitiv baholash yoki suhbat kirishi mumkin.

4. Qabul qarori
Qabul komissiyasi yakuniy qarorni qabul qiladi. Tanlangan o‘quvchilarga o‘qish to‘lovi va asosiy xarajatlarni qoplaydigan stipendiya bilan qabul xati yuboriladi.

5. Yo‘naltirish (Orientation)
Qabul qilingan o‘quvchilar dastur haqida batafsil ma’lumot oladi va o‘qishni boshlashdan oldin maxsus tayyorlov dasturida qatnashadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Ariza topshirish muddati: 22-mart, soat 23:59 (GMT+2)

Onlayn matematika testi: mustaqil bajariladi, 23-mart 23:59 gacha

Yozma matematika imtihoni: 29-mart, 09:00 (UTC)
Vaqt zonalari bo‘yicha:

  • 10:00 — London

  • 11:00 — Venetsiya va Belgrad

  • 12:00 — Nikosiya, Kiyev va Moskva

  • 13:00 — Yerevan

  • 14:00 — Almati va Toshkent

  • 15:00 — Bishkek

Og‘zaki imtihonlar: aprel oyida o‘tkaziladi (bu bosqichga o‘tgan nomzodlar uchun sanalar individual tarzda belgilanadi).

Qisqa ma'lumot

Daraja

Almashinuv (Maktab)

Davlat

Kipr

Muddati

Jan 10, 2027

Turi: regular

Format

Offlayn

Davomiyligi

Juda uzoq (3+ yil), Uzoq (1-2 yil)

Ariza to'lovi

Yo'q