Stanford Neuroscience Journal Club

Amerika Qo‘shma Shtatlari
Muddati: May 10, 2026
Tadqiqot

Tavsif

Stanford Neuroscience Journal Club bu o‘quvchilar uchun onlayn ilmiy klub. Unda ishtirokchilar Stanford professorlari bilan birga neuroscience (miya va asab tizimi) bo‘yicha ilmiy maqolalarni o‘qib, tahlil qiladi va muhokama qiladi. Dastur ilmiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.

Talablar

  • 14–18 yosh oralig‘ida bo‘lish;

  • Ingliz tilini tushuna olish;

  • Ilm-fan, ayniqsa neuroscience yoki tibbiyotga qiziqish;

  • Onlayn darslarda qatnasha olish.

Foydali tomonlari

  • Ilmiy fikrlash va tadqiqot ko’nikmalarini oshirish imkoniyati;

  • Neuroscience/tibbiyot yo‘nalishiga erta kirish;

  • Stanford professorlari bilan bevosita muhokama.

Ariza topshirish jarayoni

  • Berilgan havola orqali ro‘yxatdan o‘tasiz;

  • Shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘ldirasiz;

  • So‘ralgan savollarga javob berasiz (odatda qisqa, 2–5 gaplik motivatsion javoblar bo‘lishi mumkin).

Qisqa ma'lumot

Daraja

Almashinuv (Maktab)

Davlat

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Muddati

May 10, 2026

Turi: regular

Format

Onlayn

Ariza to'lovi

Yo'q