S.T. Yau High School Science Award

Xitoy
Muddati: Jun 11, 2026
Kengaytirilgan (3-9 oy)
O'z-o'zini moliyalash, Qisman moliyalash
Tadqiqot
Xalqaro musobaqalar

Tavsif

2008-yilda professor Shing-Tung Yau Materik Xitoyda S.T. Yau High School Science Award (YHSA) tanloviga asos solgan. Tanlov Yau Mathematical Sciences Center of Tsinghua University bazasida tashkil etilgan bo‘lib, o‘n yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli o‘tkazib kelinmoqda.Dastlab tanlov faqat matematika yo‘nalishini qamrab olgan, keyinchalik esa fizika, biologiya, kimyo, kompyuter fanlari hamda iqtisodiy va moliyaviy modellashtirish yo‘nalishlari ham qo‘shilgan.

Talablar

Ishtirok etish uchun millat yoki etnik kelib chiqishga hech qanday cheklov yo‘q.Biroq, ishtirokchilar hozirda Gonkongda yoki Materik Xitoydan tashqaridagi Osiyo hududlarida joylashgan o‘rta maktabda o‘qiyotgan o‘quvchilar bo‘lishi kerak.

Foydali tomonlari

  • Final bosqichi Gongkongda bo'lib o'tadi;

  • Gold, Silver yoki Bronze mukofotlari orqali universitetlar uchun kuchli akademik profil yaratish;

  • Olimlar va professorlar tomonidan baholanish va ilmiy mentorlik.

Ariza topshirish jarayoni

  • Fevraldan boshlab: Ro‘yxatdan o‘tish uchun arizalar qabul qilinadi

  • 11-iyun, 23:59: Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati

  • 15-iyun, 23:59: Tadqiqot rejasini (research outline) topshirishning oxirgi muddati

  • Iyun oxiri: Baholash komissiyasi raislari tomonidan tadqiqot rejalari dastlabki saralashdan o‘tkaziladi

  • Iyul: Dastlabki saralash natijalari e’lon qilinadi

  • 17-avgust, 23:59: Saralangan jamoalar to‘liq ilmiy tadqiqot hisobotini topshirishlari kerak

  • Avgust oxiri: Tadqiqot hisobotlari ekspertlar tomonidan baholanadi

  • Sentyabr: Ekspert baholash natijalari e’lon qilinadi

  • Oktyabr – Noyabr: Gonkongda og‘zaki himoya (oral defense) va natijalar e’lon qilinadi

  • Dekabr: Pekinda YHSA Finale final bosqichi (Gold va Silver mukofoti sovrindorlari finalda qatnashish uchun nomzod bo‘ladi)

  • Aniqlanadi (TBC): Mukofot topshirish marosimi va ilmiy ma’ruza (Science Talk).

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlovda qatnashish bepul. Biroq, ishtirok davomida yuzaga keladigan barcha xarajatlar ishtirokchining o‘zi tomonidan qoplanadi, masalan: tajriba uchun xarajatlar, safar, yashash joyi va boshqa xarajatlar.YHSA (Asia) uchinchi bosqichga o‘tgan va Gonkongdan tashqarida yashovchi ishtirokchilarga cheklangan aviachipta yordami berishi mumkin. Talabalar avval chipta sotib oladi, so‘ng oral defense dan keyin belgilangan miqdorgacha xarajatlari qaytariladi.

Qisqa ma'lumot

Daraja

Almashinuv (Maktab)

Davlat

Xitoy

Muddati

Jun 11, 2026

Turi: regular

Format

Gibrid (Onlayn & Offlayn)

Davomiyligi

Kengaytirilgan (3-9 oy)

Ariza to'lovi

Yo'q