Social Shifters Global Innovation Challenge 2026

Amerika Qo‘shma Shtatlari
Muddati: Aug 31, 2026

Tavsif

Social Shifters Global Innovation Challenge — ijtimoiy yoki ekologik muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqayotgan yoshlar uchun xalqaro tanlov. Dastur ijtimoiy tadbirkorlar, startap asoschilari va o‘z loyihalari orqali ijobiy ta’sir yaratishni maqsad qilgan yosh liderlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Talablar

  • 18–30 yoshda bo‘lishi kerak;

  • ijtimoiy yoki ekologik muammoga yechim beradigan loyiha/startapga ega bo‘lishi kerak;

  • loyiha yoshlar tomonidan boshqarilayotgan bo‘lishi kerak;

  • loyiha kamida bitta BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadiga (SDG) hissa qo‘shishi kerak.

Foydali tomonlari

  • 15 000 AQSH dollarigacha grant yutib olish imkoniyati;

  • Finalchilar uchun xalqaro ekspertlardan individual pitch coaching;

  • Global hamjamiyat, grantlar va treninglarga kirish imkoniyati;

  • Yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan networking va loyiha uchun xalqaro e’tirof.

Ariza topshirish jarayoni

  • Onlayn ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldirish;

  • Loyihangiz yoki startapingiz haqida ma’lumot berish:

    • muammo va uning yechimi;

    • loyihaning ijtimoiy yoki ekologik ta’siri;

    • amalga oshirilgan natijalar va erishilgan yutuqlar;

  • Arizani deadlinegacha yuborish;

  • Saralangan finalistlar pitch (loyihani taqdim qilish) va ekspertlar bilan ishlash bosqichiga o‘tadi.

Qisqa ma'lumot

Daraja

Bakalavr / Magistratura / PhD / Professional rivojlanish

Davlat

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Muddati

Aug 31, 2026

Turi: regular

Format

Onlayn

Ariza to'lovi

Yo'q