Slingshot Challenge

Amerika Qo‘shma Shtatlari
Muddati: Feb 5, 2027

Tavsif

National Geographic Society o'tkazadigan bu tanlovda 13 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan yoshlar atrof-muhit muammosini hal qilish g'oyasini 1 daqiqalik videoda taqdim etadi.

Talablar

  • 13–18 yoshdagi yoshlar qatnashishi mumkin;

  • Tanlov xalqaro bo‘lib, turli davlatlardan ishtirokchilar uchun ochiq;

  • Ishtirok to‘liq onlayn shaklda amalga oshiriladi;

  • Atrof-muhit muammolariga yechim beradigan innovatsion g‘oya bo‘lishi kerak;

  • G‘oyani 1 daqiqalik videoda tushunarli tarzda taqdim etish talab etiladi.

Foydali tomonlari

  • Eng yaxshi g'oyalar loyihani hayotga tatbiq etish uchun 10 000 dollargacha mablag' yutishi mumkin;

  • Atrof-muhit muammosiga o'z yechimingizni taqdim etish imkoniyati;

  • Onlayn ishtirok, 1 daqiqalik video yetarli.

Ariza topshirish jarayoni

  • Singshot Challenge tanlovining rasmiy ro‘yxatdan o‘tish havolasi orqali ariza topshiriladi;

  • Atrof-muhit bilan bog‘liq biror muammo tanlanadi;

  • Ushbu muammoni hal qilishga qaratilgan g‘oya ishlab chiqiladi;

  • G‘oya 1 daqiqalik video orqali taqdim etiladi;

  • Video va ariza belgilangan muddatgacha yuboriladi.

Qisqa ma'lumot

Daraja

Almashinuv (Maktab)

Davlat

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Muddati

Feb 5, 2027

Turi: regular

Format

Onlayn

Ariza to'lovi

Yo'q