Talabalar, tadbirkorlar va texnologiya sohasidagi mutaxassislar uchun 1 haftalik intensiv oflayn dastur. U San-Fransisko ko'rfazi (Bay Area) hududida o'tadi va Gomry nomli San-Fransisko texnologiya kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi.
18–35 yoshdagi talabalar, bitiruvchilar, tadbirkorlar va texnologiya sohasi vakillari;
Startap, texnologiya yoki innovatsiyaga qiziqadigan faol yoshlar.
Yetakchi texnologiya kompaniyalari rahbarlari, startap asoschilari va top universitet akademiklari bilan jonli uchrashuvlar;
Google, Amazon, Stanford kabi joylarga tashriflar;
Dastur to'lovi, ikki tomonlama aviabilet, ovqat va turar joy xarajatlari qoplanadi.
Sayt orqali 5 daqiqalik onlayn arizani to‘ldirasiz;
Saralangan nomzodlar 10 daqiqalik suhbatga taklif qilinadi;
Qabul qilingan nomzod dasturdagi o‘rnini tasdiqlaydi;
Moliyaviy yordam kerak bo‘lsa, qabuldan keyin Next Gen Fund uchun ariza berish mumkin.