Science in School Student Writing Contest 2026

Amerika Qo‘shma Shtatlari
Muddati: Aug 31, 2026
Bepul ishtirok
Xalqaro musobaqalar

Tavsif

Science in School Student Writing Contest — tabiiy fanlar va texnologiyaga qiziquvchi o‘quvchilar uchun xalqaro ilmiy yozuv tanlovi. Ishtirokchilar barqaror va chidamli turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan ilmiy tadqiqot, texnologiya yoki innovatsion yechim haqida maqola yozishlari kerak.

Talablar

  • 14–19 yoshdagi o‘quvchilar qatnasha oladi;

  • Tabiiy fanlar (science) va texnologiyaga qiziquvchi yoshlar uchun;

  • Barqaror va chidamli turizm, ilmiy tadqiqot yoki innovatsion yechimlar haqida maqola yozish talab qilinadi.

Foydali tomonlari

  • G‘olib maqolalarning Science in School jurnalida chop etilishi;

  • Xalqaro ilmiy platformada e’tirof etilish imkoniyati;

  • Ilmiy yozuv va tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish;

  • Universitet arizalari va akademik portfolio uchun kuchli yutuq.

Ariza topshirish jarayoni

  • Maqola tayyorlanadi (berilgan mavzu bo‘yicha ilmiy yozuv);

  • Tashkilotning rasmiy template fayli to‘ldiriladi;

  • Tayyor maqola va to‘ldirilgan ariza formasi email orqali yuboriladi:
    📧 editor@scienceinschool.org

  • Email mavzusiga: “Writing Contest 2026/2027” deb yoziladi;

  • Yuborishdan oldin barcha hujjatlar checklist fayl orqali tekshiring.

Qisqa ma'lumot

Daraja

Almashinuv (Maktab) / Bakalavr

Davlat

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Muddati

Aug 31, 2026

Turi: regular

Format

Onlayn

Ariza to'lovi

Yo'q