Muddat tugaganMuddati: Mar 9, 2026

Ross Mathematics Program

Amerika Qo‘shma Shtatlari
Muddati: Mar 9, 2026
O'rta (1-2 oy)
Qisman moliyalash, To'liq moliyalash, O'z-o'zini moliyalash
Yozgi maktab
Tadqiqot

Tavsif

Ross Mathematics Program — bu Amerika Qo‘shma Shtatlarida har yili yozda o‘tkaziladigan olti haftalik (6 hafta) intensiv yozgi matematik dastur bo‘lib, u o‘rta maktab (high school) o‘quvchilariga chuqur matematik fikrlash, mustaqil tadqiqot va mantiqiy yechimlar ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bu dasturning asosiy yo‘nalishi — Number Theory (raqamlar nazariyasi) bo‘lib, uni chuqur o‘rganish orqali matematik tafakkurni oshirishga e’tibor qaratiladi.

Talablar

Dastur 15-18 yosh oralig'idagi o‘rta maktab o‘quvchilari uchun mo'ljallangan. Ba’zan yoshroq yoki biroz katta ishtirokchilar ham qabul qilinadi. Nomzodlar matematikaga qiziquvchi va standart maktab matematika mavzularini yaxshi o‘zlashtirgan bo'lishi kerak.

Foydali tomonlari

  • Chuqur matematik fikrlashni shakllantirish. Matematik tafakkur “olimpiada darajasi”ga chiqadi

  • Dunyoning turli davlatlaridan kelgan kuchli o‘quvchilar bilan birga o‘qiysiz. Har kuni murakkab masalalar ustida ishlaysiz, akademik atmosfera juda kuchli va jiddiy

  • Ross eng nufuzli dasturlardan biri bo'lib, Top universitetlarga (MIT, Harvard va boshqalar) topshirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Tavsiyanoma (recommendation letter) olish imkoniyati ham mavjud

  • 6 hafta davomida universitet tajribasini olish. 2 ta kampus tanlovi mavjud: Otterbein University va Rose‑Hulman Institute of Technology

Ariza topshirish jarayoni

Ariza quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:

  • Qisqa esse

  • O‘qituvchi tavsiyanomasi

  • Maktab transkripti (baholar)

  • Murakkab hisob va matematik muammolarga ishlangan javoblar (application problem set)

  • Ba’zan video yoki qo‘shimcha matnlar kerak bo‘lishi mumkin

Ariza odatda yanvar-mart oylarida ochiladi va mart oyi oxirigacha topshirish tavsiya etiladi. Qabul natijalari odatda aprel oyi o‘rtalarida e’lon qilinadi.

Qisqa ma'lumot

Daraja

Almashinuv (Maktab)

Davlat

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Muddati

Mar 9, 2026

Turi: regular

Format

Offlayn

Davomiyligi

O'rta (1-2 oy)

Ariza to'lovi

Bor