“Raqamli avlod qizlari” — qizlarning tadbirkorlik tashabbuslari, innovatsion ishlanmalari va istiqbolli startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan respublika tanlovi.
Tanlov ishtirokchilarga o‘z innovatsion g‘oyalarini namoyish etish, startap loyihalarini taqdim qilish va respublika miqyosida bellashish imkoniyatini beradi.
Tanlov quyidagi to‘rtta yo‘nalishda tashkil etiladi:
Yashil iqtisodiyot — ekologik barqarorlik va resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan loyihalar.
Sun’iy intellekt — AI texnologiyalariga asoslangan innovatsion yechimlar.
Iqlim o‘zgarishi — iqlim muammolariga yechim taklif etuvchi loyihalar.
Ta’lim — ta’lim sifatini oshirish va o‘quv jarayonini takomillashtirishga xizmat qiluvchi ishlanmalar.
O‘z startap loyihasini respublika miqyosida taqdim etish imkoniyati;
Innovatsion va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Turli yo‘nalishlarda yangi tajriba orttirish;
Tanlov g‘oliblari uchun xorijiy ta’lim sayohatida qatnashish imkoniyati.
19-noyabr — ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati.
23-noyabrga qadar — tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar qizlar.raqamliavlod.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘z startap loyihalarini taqdim etishlari kerak.
Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 19-noyabr.
Tashkilot: Digital Generation Uzbekistan