Pioneer — original (mualliflik) tadqiqotlarni yaratishda eng yuqori global standartlarga amal qiladigan va ularni o‘rgatadigan yagona dasturdir.
Biz ushbu standartlarga doimiy ravishda rioya qilinishini ta’minlash uchun professor-o‘qituvchilar nazoratini taqdim etamiz.
Pioneer Academics o‘zining ijtimoiy missiyasining muhim qismi sifatida har yili Pioneer tadqiqot dasturida (Pioneer Research Program) ishtirok etishni istagan talabalar uchun ehtiyojga asoslangan (need-based) grantlar ajratadi. Ushbu mablag‘lar miqdori cheklangan bo‘lib, ular faqat talaba oilasining moliyaviy ehtiyoji borligi ishonchli tarzda tasdiqlangan hollardagina taqdim etiladi.
Talabalar ushbu grantlarni faqat ehtiyoj darajasini baholash imkoni mavjud bo‘lgan davlatlarda yoki ehtiyojni tasdiqlab bera oladigan hamkor notijorat tashkilotlar hamda ta’lim muassasalari tavsiyasi bilan olishlari mumkin. To‘liq grantni qo‘lga kiritgan talabalardan kafolatli depozit to‘lovi talab qilinadi va ushbu mablag‘ dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, egasiga qaytarib beriladi.
15-18 yoshdagi o'quvchilar
Nufuzli universitet professorlari bilan yakkama-yakka ishlash;
Ilmiy maqola yozish ko'nikmasiga ega bo'lish;
Sertifikat va tavsiyanoma.