OpenAI Safety Fellowship 2026

Amerika Qo‘shma Shtatlari
Muddati: May 3, 2026
Kengaytirilgan (3-9 oy)
Tadqiqot
Malaka oshirish

Tavsif

OpenAI Safety Fellowship bu yoshlar uchun tashkil etilgan tadqiqot dasturi bo‘lib, unda ishtirokchilar sun’iy intellekt xavfsizligi, kiberxavfsizlik, matematika va kompyuter texnologiyalari yo‘nalishlarida ishlashadi. Dastur davomida siz OpenAI mutaxassislari bilan birga real loyihalarda qatnashib, amaliy tajriba orttirasiz. Dastur AQSHning Berkeley shahrida o‘tkaziladi va xalqaro muhitda ishlash imkonini beradi

Talablar

  • 18–25 yosh oralig‘ida bo‘lish;

  • Bakalavr, magistratura talabasi yoki yaqinda bitirgan bo‘lish;

  • Matematika, kompyuter fanlari yoki kiberxavfsizlikka qiziqish;

  • Ingliz tilini yaxshi bilish;

  • Tadqiqotga qiziqish va mustaqil ishlay olish.

Foydali tomonlari

  • Haftalik stipendiya ($3,850 haftasiga);

  • OpenAI mutaxassislari tomonidan tadqiqod uchun mentorlik;

  • Berkeleyda ishlash imkoniyati;

  • Xalqaro tadqiqot tajribasi.

Ariza topshirish jarayoni

  • Onlayn ariza formasini to‘ldirasiz;

  • O‘zingiz haqingizda ma’lumot kiritasiz;

  • Qiziqishlaringiz va tajribangizni yozasiz;

  • Kerakli ma’lumotlarni yuborasiz;

  • Natijani kutasiz.

Qisqa ma'lumot

Daraja

Bakalavr / Magistratura

Davlat

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Muddati

May 3, 2026

Turi: regular

Format

Offlayn

Davomiyligi

Kengaytirilgan (3-9 oy)

Ariza to'lovi

Yo'q