OIST Internship Program bu talabalar uchun 3–6 oylik qisqa muddatli ilmiy amaliyotdir. Talabalar o‘zlari tanlagan laboratoriyada ishlashlari mumkin, ammo bu quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi: rejalashtirilgan tadqiqotning mosligi, talabanning akademik bilim darajasi, mavjud moliyalashtirish va tanlangan laboratoriyada bo‘sh joy mavjudligi. Talabalar qisqa muddatli tadqiqot loyihasini turli xil ilmiy yo‘nalishlardan tanlashlari mumkin. Masalan: fizika, kimyo, matematik va kompyuter fanlari, dengiz fanlari, neyrofan (asab tizimi ilmi), molekulyar, hujayraviy va rivojlanish biologiyasi, atrof-muhit va ekologiya fanlari hamda kvant fanlari.
Hozirda bakalavr bosqichining so‘nggi ikki yilida o‘qiyotgan talabalar;
Magistratura bosqichining istalgan yilida o‘qiyotgan talabalar (Yaponiya yoki boshqa davlatdagi universitet, kollej, junior kollej va kasb-hunar maktablarida);
Bakalavr yoki magistr darajasini tamomlagan bitiruvchilar.
Hozirda o‘qiyotgan talabalar o‘z ta’lim muassasasidan ruxsat (tasdiq) olishlari kerak. Arizachining akademik bilim va tajribasi OISTdagi tanlagan laboratoriya (host unit) yo‘nalishiga mos bo‘lishi lozim
Borib-kelish va turarjoy xarajatlari qoplanadi;
Xalqaro muhitda tajriba va kuchli CV yaratish imkoniyati;
Sertifikat, sovg'alar va boshqa bir qator imkoniyatlar.