New York University Abu Dhabi University Prep Program (UPP) bu xalqaro o‘quvchilarni AQSH va boshqa top universitetlarga hujjat topshirish jarayoniga tayyorlaydigan akademik dasturdir. Dastur davomida ishtirokchilar esse yozish, universitet tanlash, application tayyorlash va leadership ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Mashg‘ulotlar NYU Abu Dhabi kampusida o‘tkaziladi va talabalar turli davlatlardan kelgan tengdoshlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
17–19 yoshdagi o‘quvchilar;
Akademik natijalari yaxshi bo‘lgan talabalar;
Ingliz tilini yaxshi biladigan o‘quvchilar;
Universitetlarga, ayniqsa AQSH universitetlariga topshirishga qiziqqanlar;
Yetakchilik, community service yoki extracurricular faoliyatlarda qatnashgan o‘quvchilarga ustunlik beriladi.
NYU Abu Dhabi professorlari va mentorlari bilan ishlash imkoniyati;
Akademik writing, critical thinking va leadership ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Dunyoning turli davlatlaridan kelgan o‘quvchilar bilan networking.
Onlayn ariza formasini to‘ldirish;
Akademik ma’lumotlarni yuborish;
Esse yoki qisqa yozma javoblarni topshirish;
Ba’zi hollarda recommendation letter yoki qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin;
Saralangan nomzodlar dasturga qabul qilinadi.
Dasturda oflayn qatnashish bepul bo‘lsa-da, aviachiptalar, yashash joyi va transport xarajatlari universitet tomonidan qoplanmaydi. Tanlangan ishtirokchilar ushbu xarajatlarni o‘zlari to‘lashlari kerak.