Leaf Summer 2026 Program

Amerika Qo‘shma Shtatlari
Muddati: May 1, 2026
O'rta (1-2 oy)
To'liq moliyalash, Qisman moliyalash
Tadqiqot

Tavsif

Leaf - bu dunyo miqyosidagi muammolarga kreativ va chuqur tahliliy yechimlar topishga qaratilgan global platforma. Dastur davomida ishtirokchilar tadqiqot olib borish, munozaralar qilish va real loyihalar ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

Talablar

Hali universitetni boshlamagan, 15–19 yoshdagi aqlli, qiziquvchan va yuksak maqsadlar yo‘lida boshqalarga foyda keltirishni istaydigan talabalar uchun.

Foydali tomonlari

  • Leaf tomonidan tayyorlangan maxsus onlayn kurslar va o‘quv materiallar;

  • Dunyoning eng iqtidorli tengdoshlari bilan hamkorlik va networking;

  • Tadqiqot va muammolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro tajriba.

Ariza topshirish jarayoni

  • Berilgan havola orqali ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldirasiz (shaxsiy ma’lumotlar, ta’lim haqida ma’lumot va h.k.);

  • O‘zingiz haqingizda va nega dasturda qatnashmoqchi ekanligingizni ko‘rsatadigan savollarga (motivatsion savollar/essay) javob yozasiz;

  • Arizangiz ko‘rib chiqiladi va agar tanlansangiz, sizga keyingi bosqich yoki qabul haqida xabar beriladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Ariza topshirgan har bir talaba, hatto “finalist” bo‘lmasa ham, bizning onlayn kurslarimizdan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qisqa ma'lumot

Daraja

Almashinuv (Maktab)

Davlat

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Muddati

May 1, 2026

Turi: regular

Format

Onlayn

Davomiyligi

O'rta (1-2 oy)

Ariza to'lovi

Yo'q