Jane Austen Society of North America tomonidan tashkil etiladigan xalqaro adabiy esse tanlovi, va unda ishtirokchilar Jane Austen romanlarini o‘rganib, ularning asosiy mavzulari, obrazlari va adabiy uslubi bo‘yicha tahliliy esse yozadilar. Tanlovda ishtirokchilar o‘z fikrlarini aniq, mantiqiy va ijodiy tarzda ifodalashga chaqiriladi, shu bilan birga Jane Austen asarlarini chuqur tahlil qilish ko‘nikmalarini namoyish etishadi.
Quyidagilar tanlovga ariza topshirishi mumkin:
Tanlov yilida o‘rta maktab darajasida ta’lim olayotgan o‘quvchilar va uyda o‘qiyotgan talabalar.
Tanlov yilida kamida olti kredit soatlik kurslarda junior kollej, kollej yoki universitetda ta’lim olayotgan talabalar.
Tanlov yilida magistratura darajasiga olib boruvchi kollej yoki universitetdagi kamida uch kredit soatlik kurslarda ta’lim olayotgan talabalar.
1-o'ringa $1000, 2-o'ringa $500, 3-o'ringa $350 pul mukofotlari;
Jane Austen romanlarining Norton Critical Editions to‘plami;
Esseni rasmiy saytda chop etish imkoniyati.
Esse tayyorlash: Jane Austen romanlari va ularning mavzulariga asoslangan tahliliy esse yozing.
Onlayn forma to‘ldirish:Rasmiy JASNA veb-saytiga kirib, tanlov ariza formasini to‘ldiring.
Esseni yuborish:Esseingizni forma orqali 1-iyundan oldin yuboring.
Tasdiq olish: Arizangiz yuborilganligi haqida elektron pochta orqali tasdiq xati olasiz.
Tanlovga yuborilgan esse quyidagi talablarni bajarmasa yoki belgilangan muddatdan keyin topshirilsa, rad etiladi:
Esse ingliz tilida yozilishi kerak.
Esse sarlavhasi birinchi sahifada bo‘lishi, keyingi sahifalar yuqori o‘ng burchakda raqamlanishi kerak; ismingiz esse ichida ko‘rsatilmasin.
Esse MLA formatida bo‘lishi kerak (ikki qator orasidagi bo‘shliq, 12-point shrift, sahifa chetlari 1 dyuym).
Esse uzunligi 6–8 sahifa bo‘lishi kerak (Works Cited sahifasi bundan mustasno).
MLA hujjatlash qoidalariga rioya qilinishi kerak: Works Cited sahifasi va matnda qo‘llaniladigan parentetik havolalar. Jane Austen asaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtiboslar, parafrazlar va umumlashtirishlar ham ko‘rsatilishi shart.