International Letter-Writing Competition for Young People — bu Universal Postal Union tomonidan har yili o‘tkaziladigan xalqaro maktub yozish tanlovi bo‘lib, yoshlar orasida ingliz tilida ijodiy fikrlash, yozma ifoda ko‘nikmalarini rivojlantirish va muloqot san’ati orqali ijtimoiy masalalarni muhokama qilishni maqsad qiladi. Tanlov 1971-yildan beri o‘tkazilib kelinadi. 2026-yilgi tanlov mavzusi: “Write a letter to a friend about why human connection matters in a digital world.”
Ya’ni: “Raqamli olamda insonlar orasidagi bog‘lanish nega muhimligini do‘stga yozgan maktubingizda tushuntiring.”
Qatnashuvchilar 9 dan 15 yoshgacha yosh chegarasida bo‘lishi kerak.
Har bir mamlakatda avval milliy bosqich tashkil etilib, eng yaxshi maktub UPU xalqaro hakamlar hay’atiga yuboriladi.
Tanlovda quyidagi mukofotlar beriladi:
- Xalqaro miqyosda g‘oliblar – oltin, kumush va bronza medal, diplom va boshqa rag‘batlantiruvchi sovrinlar.
- Eng yaxshi ishtirokchilar Bern (Shveytsariya)dagi maxsus taqdirlash marosimiga taklif qilinishi mumkin.
Milliy bosqichlarda esa pul mukofotlari, sertifikatlar yoki boshqa sovrinlar berilishi mumkin (har bir mamlakat o‘z milliy qoida va mukofotlariga ega).
Maktub quyidagicha bo‘lishi lozim:
Savollar asosida do‘stga yo‘llangan xat shaklida;
Umumiy matn 800 ta so‘zdan oshmasin;
Xatda sana, salomlashish, shaxsiy fikr bo‘lishi kerak;
Ko‘plab mamlakatlarda xatlar qo‘l bilan yozilgan bo‘lishi so‘raladi (ba’zan elektron bo‘lsa ham bo‘ladi, bu mamlakat qoidalariga qarab farq qiladi).