Muddat tugaganMuddati: Apr 4, 2026

INNOSpark Pitch Competition 2026

Amerika Qo‘shma Shtatlari
Muddati: Apr 4, 2026
O'rta (1-2 oy)
Xalqaro musobaqalar

Tavsif

INNOSpark bu yoshlar boshqaradigan notijorat tashkilot,va kelajakdagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Biz tadbirkorlik ta’limini dunyo bo‘ylab barcha o‘quvchilarga yetkazishni maqsad qilganmiz. Ko‘pchilik o‘quvchilar resurslar va murabbiylik yetishmagani uchun o‘z loyihalarini yaratolmaydi. INNOSpark seminarlar, kontent va musobaqalar orqali g‘oyalarni haqiqiy loyihalarga aylantirishga yordam beradi.

Talablar

  • 14–18 yoshdagi dunyo bo‘ylab maktab o‘quvchilari;

  • Yagona asoschilar yoki 4 kishigacha bo‘lgan jamoalar;

  • Biznes, notijorat, ijtimoiy loyiha yoki shaxsiy g‘oyaga ega o‘quvchilar uchun;

  • Mavjud startap yoki biznesi bo‘lgan yoki bo‘lmagan o‘quvchilar uchun.

Foydali tomonlari

  • Umumiy jamg‘arma: 11,600 dollardan ortiq;

  • Finalchilar uchun turli servis va dasturlarga bepul obunalar;

  • Loyihani noldan prototipgacha tayyorlashni o‘rganish.

Ariza topshirish jarayoni

  • Havola orqali ariza formasini to‘ldiring;

  • Video pitch (maksimum 5 daqiqa), va slayd taqdimotini tayyorlash;

  • Video va slaydlar orqali muammo, yechim, loyihangiz va shaxsiy hikoyangizni tushuntiring;

  • Hakimlardan nimani kutayotganingizni ayting (feedback, mentorlik, mablag‘, aloqalar);

  • To‘liq to‘ldirilgan forma va loyihani belgilangan muddatgacha topshiring.

Qisqa ma'lumot

Daraja

Almashinuv (Maktab)

Davlat

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Muddati

Apr 4, 2026

Turi: regular

Format

Onlayn

Davomiyligi

O'rta (1-2 oy)

Ariza to'lovi

Yo'q