Horizon Academic Research Program

Amerika Qo‘shma Shtatlari
Muddati: Apr 21, 2026
Kengaytirilgan (3-9 oy)
To'liq moliyalash, O'z-o'zini moliyalash
Tadqiqot

Tavsif

Horizon Academic Research Program — bu bakalavr darajasidagi tadqiqotlarga qiziqqan iqtidorli yuqori sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan saralangan onlayn tadqiqot dasturidir. Talabalar Harvard, MIT, Yale, Dartmouth kabi nufuzli dargohlarning professorlari va fan doktorlari (PhD) bilan hamkorlikda informatika, biologiya, iqtisodiyot va fizika kabi sohalarda ilmiy ishlar tayyorlaydilar.

Horizon — butun dunyodagi eng iqtidorli maktab o‘quvchilarini top universitet professorlari bilan bog‘laydigan to‘liq onlayn tadqiqot platformasidir. Dasturning yakuniy loyihasi 20 sahifalik ilmiy ma'ruza bo‘lib, u o‘quvchilarni kelajakdagi akademik faoliyatida muvaffaqiyat qozonishlari uchun zarur bo‘lgan amaliy bilimlar va ilmiy yozish ko‘nikmalari bilan qurollantirishga qaratilgan.

Talablar

Horizon Academic barcha yuqori sinf o‘quvchilari uchun ochiq. Talabalarning asosiy qismini 10 va 11-sinf o‘quvchilari tashkil etadi (ya’ni, dasturga kirgan vaqtda maktabni bitirishlariga 1–2 yil qolgan bo‘ladi). 2016-yildan buyon 9-sinf o‘quvchilaridan tushgan arizalarning faqat 5 foizi dasturga qabul qilingan.

Foydali tomonlari

  • Tavsiyanoma xati;

  • Analitik yozish qobiliyatlarini shakllantirish;

  • Do'stlar orttirish;

  • Global liderlardan mentorlik olish.

Ariza topshirish jarayoni

O‘quvchilar avval veb-sayt orqali onlayn ariza shaklini topshiradilar. Saralangan nomzodlar ariza topshirilgandan keyin 3-5 kun ichida suhbatga taklif qilinadi. Qabul bo‘yicha yakuniy qarorlar suhbatdan keyin 7 kun ichida e'lon qilinadi (kutish varag‘iga kiritilgan arizachilar bundan mustasno).

Qisqa ma'lumot

Daraja

Almashinuv (Maktab)

Davlat

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Muddati

Apr 21, 2026

Turi: regular

Format

Onlayn

Davomiyligi

Kengaytirilgan (3-9 oy)

Ariza to'lovi

Yo'q