HCSSiM 2026 bu iqtidorli va motivatsiyalangan maktab o‘quvchilari uchun kollej darajasidagi matematika bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan ntensiv dastur. Dastur talabchan va bilimlarni kengaytirishga qaratilgan. Ishtirokchilar kunning ko‘p qismini faqat natijalarni o‘rganish bilan cheklanmay, matematika bilan amaliy shug‘ullanishga sarflaydilar.
14–18 yoshdagi o‘rta maktab o‘quvchilari;
Matematika va mantiqiy fikrlashga qiziqqan va motivatsiyalangan talabalar.
Kollej darajasidagi murakkab matematik mavzularni (Number Theory, Combinatorics, Graph Theory va h.k.) o‘rganish;
Dunyoning eng iqtidorli yosh matematiklari va professorlari bilan yaqindan tanishish;
"Yellow Pigs Day" kabi qiziqarli an’analar va jamoaviy o‘yinlarda qatnashish.
Rasmiy sayt orqali ariza formasini to‘ldiring;
Shaxsiy ma’lumotlar, maktabdagi natijalar, tavsiyanomalar va ilgari matematika bilan bog‘liq yutuqlarni kiriting;
Ba’zi hollarda test yoki topshiriqlar talab qilinishi mumkin;
Arizalar ko‘rib chiqiladi va nomzodlar tanlab olinadi;
Tanlangan talabalar dasturga qabul qilinadi va qo‘shimcha ko‘rsatmalar yuboriladi.
Dasturda keng moliyaviy yordam taqdim etiladi va barcha qarorlar talabaning ehtiyojiga qarab qabul qilinadi.
AQShdagi oilalar uchun, agar yillik daromad $85,000 dan kam bo‘lsa, dastur butunlay bepul bo‘ladi;
Agar oilalar Amherstga kelish-chiqish xarajatlarini qoplay olmasa, sayohat grantlari ham taqdim etiladi;
Yillik daromadi $85,000 dan yuqori bo‘lgan oilalar va xalqaro talabalar uchun yordam miqdori holatga qarab belgilanadi va sayohat xarajatlarini qoplashni ham o‘z ichiga olishi mumkin.