Startup, ijtimoiy loyiha yoki biznes g'oyangizni xalqaro miqyosda namoyish etish imkoniyati. Musobaqa Garvard universiteti talabalari tomonidan tashkil etiladi va unda butun dunyodan 9-12-sinf o'quvchilari qatnashishi mumkin.
14–18 yoshdagi (9–12-sinf) o‘quvchilar qatnashishi mumkin;
Xalqaro ishtirokchilar uchun ham ochiq;
Yakka tartibda yoki 2 kishilik jamoa bo‘lib qatnashish mumkin.
$1,000 miqdorida pul mukofoti;
Harvard Venture Capital Group tomonidan o'tkaziladigan nufuzli xalqaro tanlovida ishtirok etish;
Startup pitching va biznes-reja yozish bo'yicha tajriba orttirish.
Ariza formasini to‘ldiring;
3–5 sahifalik biznes reja va 2 daqiqalik pitch videoni yuklang;
Saralangan 10 nafar finalchi Zoom orqali o‘z g‘oyasini taqdim etadi va savol-javobda qatnashadi.
Ko‘pi bilan 2 kishilik jamoa bo‘lib qatnashish mumkin (bir xil maktabdan bo‘lish shart emas). Har bir jamoa uchun ariza to‘lovi $45 ni tashkil etadi.