Agar siz 8–11-sinfda o'qisangiz, IELTS yoki SAT ga tayyorlanishni xohlasangiz-u, moddiy qiyinchiliklar sizni to'xtatib qo'yayotgan bo'lsa, bu imkoniyat aynan siz uchun. Dastur uchun 15 nafar qizlar tanlab olinadi.
Dasturga 8-11-sinflarda o'quvchi qizlar ariza topshirishi mumkin.
- Onlayn matematika va ingliz tili darslari
- SAT va IELTS imtihonlariga tayyorgarlik
- Shaxsiy mentorlik
- Xalqaro professionallar bilan suhbatlar
Ariza topshirishdan avval, iltimos, quyidagi postlarni o'qib chiqing. Ularda motivatsion xat qanday yozilishi va nega uni o'zingiz yozishingiz kerakligi tushuntirilgan:
🔗 Motivation letter qanday yoziladi
🔗 Sun'iy intellektdan foydalanmaslik haqida
Esse yozishda o’z jumlalaringizdan foydalaning. Sun’iy intellekt orqali yozilgan arizalar qabul qilinmaydi.