Dunyodagi eng mashhur yosh shoirlar tanlovlaridan biri hisoblangan Foyle Young Poets of the Year Award har yili minglab yosh ijodkorlarni birlashtiradi. Tanlovda ishtirokchilar ingliz tilida istalgan mavzu va uslubda original she’r yozib topshirishlari mumkin. Bu dastur yoshlarning ijodkorlik, fikrlash va yozuvchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi. Har yili eng yaxshi 100 nafar yosh shoir g‘olib sifatida tanlanadi.
Ishtirokchi 11–17 yosh oralig‘ida bo‘lishi kerak;
Ish original va muallifning o‘ziga tegishli bo‘lishi kerak;
Istalgan davlatdan qatnashish mumkin.
Poetry Society a'zoligi va kitoblar sovg'a qilinadi;
Mentorlik va yozuvchilikda rivojlanish imkoniyatlari;
London shahrida tantanali marosimga taklif.
Rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘ting;
Ingliz tilida original she’r yozing;
She’rni onlayn platforma orqali yuboring;
Natijalarni rasmiy sayt orqali kuzating.