FinTech Hackathon 2026 — Inha University Toshkentda United Ventures va O'zbekiston Milliy banki hamkorligida tashkil etayotgan 48 soatlik hakaton. Ishtirokchilar moliya kelajagi uchun innovatsion yechimlar ishlab chiqadi.
Tadbirda qatnashchilar umumiy jamg'armasi 50 000 000 so'm bo'lgan mukofot uchun bellashadi. Unda talabalar, yosh mutaxassislar, dasturchilar, dizaynerlar va moliyaviy texnologiyalarga qiziquvchilar yakka yoki jamoa bilan ishtirok eta oladi.
Talabalar, yosh mutaxassislar, dasturchilar, dizaynerlar va moliyaviy texnologiyalarga qiziquvchilar qatnasha oladi
Yakka tartibda yoki 2-5 kishilik jamoa bilan ishtirok etish mumkin
Barcha davlatlar fuqarolari qatnasha oladi
Umumiy mukofot jamg'armasi: 50 000 000 so'm
1-o'rin: 25 000 000 so'm
2-o'rin: 15 000 000 so'm
3-o'rin: 10 000 000 so'm
Tadbir Toshkentda, 2 kun davomida oflayn formatda o'tadi. Ro'yxatdan o'tish muddati: 2026-yil 21-noyabr. Ma'lumot rasmiy manba orqali tasdiqlanmagan, shuning uchun ro'yxatdan o'tishdan oldin tafsilotlarni sayt orqali tekshirib oling.