FAO elearning Academy — Global Youth Contest 2026

Amerika Qo‘shma Shtatlari
Muddati: Jul 31, 2026

Tavsif

Bu FAO platformasida bepul oʻqib, olgan bilimlari yordamida qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi yoki ekologiya yoʻnalishida real ijobiy oʻzgarish qilgan yoshlar uchun xalqaro hikoyalar tanlovidir. 3 nafar g'olib tanlanadi.

Talablar

  • 18–35 yosh oralig‘ida bo‘lish;

  • Istalgan davlat yoki hududdan bo‘lish mumkin;

  • O‘qish jarayoni bilim, ko‘nikma yoki akademik/professional rivojlanishingizga qanday yordam berganini ko‘rsata olish.

Foydali tomonlari

  • To'liq moliyalashtirilgan Rimga sayohat (parvoz, turar joy, ovqat)

  • World Food Forum 2026 da ishtirok etish imkoniyati;

  • FAO xalqaro platformasida tan olinish va e'tirof.

Ariza topshirish jarayoni

  • FAO eLearning Academy platformasida ro‘yxatdan o‘ting;

  • Qiziqishingizga mos kurslarni tamomlang va sertifikatlangan raqamli badge (nishon)larni qo‘lga kiriting;

  • FAO kurslari sizning ta’limingiz, faoliyatingiz yoki jamiyatingizga qanday ijobiy ta’sir qilgani haqida 4000 belgigacha bo‘lgan hikoya yozing;

  • Onlayn ariza formasini to‘ldiring, badge’laringiz ro‘yxatini kiriting va hikoyangizni yuklang.

Qisqa ma'lumot

Daraja

Bakalavr / Almashinuv (Bakalavr) / Magistratura / PhD

Davlat

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Muddati

Jul 31, 2026

Turi: regular

Format

Onlayn

Ariza to'lovi

Yo'q