STEM (fan, texnologiya, muhandislik yoki matematika) sohasida o'qiydigan talabalarning o'quv xarajatlarini qoplashga mo'ljallangan ajoyib xalqaro stipendiya. Tanlovda g'olib bo'lish uchun o'z yutuqlaringiz va maqsadlaringiz haqida qisqa essey yozib topshirishingiz kerak.
17–24 yosh oralig‘idagi talabgorlar uchun;
STEM yo‘nalishida (fan, texnologiya, muhandislik yoki matematika) o‘qiyotgan bo‘lish kerak;
Tan olingan ta’lim muassasasiga qabul qilingan yoki o‘qiyotgan bo‘lish kerak.
Ishtirok etish butunlay bepul;
$1,000 miqdoridagi pul mukofoti;
Nufuzli xalqaro ilmiy platforma granti g'olibi sifatida rezyume (CV) nufuzini oshirish.
Labroots platformasida akkaunt yarating;
Scholarship bo‘limidan mos stipendiyani tanlang;
Ariza formasini to‘ldiring (ta’lim holati va o‘qish joyi ma’lumotlari);
CV/Resume yuklang;
Qisqa esse (scholarship proposal) yozing — unda yutuqlaringiz, akademik qiziqishlaringiz va stipendiyadan qanday foydalanishingizni tushuntiring;
Arizani yuboring va profil orqali holatini kuzating.