European Leadership Conference Switzerland 2026 bu dunyoning turli davlatlaridan yoshlarni bir joyga jamlaydigan xalqaro konferensiya. Ushbu dastur yosh yetakchilarga o‘z fikrlarini erkin ifoda etish, global muammolar ustida birgalikda ishlash va yangi tanishlar orttirish imkonini beradi. Konferensiya davomida turli workshoplar, muhokamalar va networking tadbirlari tashkil etiladi.
Yosh cheklovi yo‘q (barcha qatnashishi mumkin);
Yetakchilikka qiziqishi bo‘lishi kerak;
Ingliz tilida muloqot qila olish;
Faol, tashabbuskor va o‘rganishga ochiq bo‘lish;
Ijtimoiy faoliyat yoki loyihalarda qatnashgan bo‘lsa — ustunlik beradi.
Aviachipta va yotoqxona harajatlari qoplanadi;
Viza olish uchun yordam va taklif xati;
Sertifikat va esdalik sovg'alar.
Rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tasiz;
Ariza formasini to‘ldirasiz (shaxsiy ma’lumotlar va motivatsiya savollari);
Ba’zi hollarda CV yoki qo‘shimcha hujjatlar so‘ralishi mumkin;
Tanlov asosida eng munosib nomzodlar saralanadi;
Qabul qilinganlarga email orqali xabar beriladi va keyingi bosqichlar tushuntiriladi.