EPFL (École Polytechnique Fédérale de Lausanne) qoshidagi School of Life Sciences xalqaro bakalavr va magistratura 1-kurs talabalari uchun 8 haftalik yozgi tadqiqot dasturini o'tkazadi. Dastur 2027-yil 5-iyuldan 27-avgustgacha Shveytsariyada bo'lib o'tadi.
Ishtirokchilar faol tadqiqot guruhlariga qo'shilib, Shveytsariya ilmiy hamjamiyati muhitini yaqindan his qiladilar. Ish biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika va kvant biologiya yo'nalishlarida olib boriladi. Har yili 20-25 talaba qabul qilinadi.
Kamida 2-kursni tugatgan bakalavr talabalari yoki magistraturaning 1-kurs talabalari
Yo'nalishlar: biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, kvant biologiya, genetika va boshqa hayot fanlari
Barcha mamlakat fuqarolari ariza topshirishi mumkin, O'zbekistondan ham
IELTS talab etilmaydi
Batafsil talablar rasmiy sahifadagi FAQ bo'limida
8 hafta uchun 4345$ stipendiya
Yo'l xarajatlari uchun 1206$ gacha yordam
Faol tadqiqot guruhlarida laboratoriya tajribasi
Shveytsariya ilmiy hamjamiyati bilan tanishish imkoniyati
1. Rasmiy sahifaga kiring: https://www.epfl.ch/schools/sv/education/summer-research-program/
2. Ariza shaklini to'ldiring (yangilangan shakl FAQ bo'limida)
3. Arizani 2026-yil 15-noyabrgacha topshiring (ariza qabuli 5-oktabrdan boshlanadi)
4. Tanlov dastur saytida ko'rsatilgan mezonlar asosida o'tkaziladi