Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy himoya Milliy agentligi hamda O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamkorligida yurtimiz volontyorlari uchun an'anaviy o‘quv oromgohining 3-mavsumi tashkil etilmoqda.
Talablar:
16 yoshdan oshgan boʻlishingiz kerak;
Yil davomida hududda faollik;
Oromgohda to'liq qatnashish;
O'zbek, qoraqalpoq yoki rus tillarida erkin muloqot qilish (qo’shimcha tillarni erkin biliganlarga ustunlik beriladi)
Volontyorlik guruhi, maktabi, markazi, universiteti, klubi koordinatorlari hamda faol volontyorlar uchun bepul Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, Yoshlar oromgohida bepul oromgohda qatnashish imkoniyati.
Saralashdan o’tganlar bilan tashkilotchilar arizada kiritiladigan raqamlar orqali aloqaga chiqishadi.
https://volontyor.uz saytidan ro'yxatdan o'tgan bo'lishingiz kerak.