Muddat tugaganMuddati: Apr 12, 2026

Crimson Access Opportunity 2025

Amerika Qo‘shma Shtatlari
Muddati: Apr 12, 2026
Kengaytirilgan (3-9 oy)
To'liq moliyalash

Tavsif

Crimson Access Opportunity (CAO) bu katta maqsadlarga ega, yuqori natijaga erishayotgan va moliyaviy ehtiyoji katta bo‘lgan talabalar uchun dastur. Ushbu dastur orqali Crimson’ning qabul bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari dunyo bo‘ylab tanlab olingan talabalar uchun Edge va Collective dasturlari orqali mutlaqo bepul taqdim etiladi. Dastur va xizmatlar haqida batafsil ma’lumot uchun veb-saytimizga qarang. Eslatma: dastur universitet bilan bog‘liq xarajatlarni (masalan, ariza topshirish yoki test to‘lovlari) qoplamaydi, faqat qabul jarayonida yordam beradi.

Talablar

  • Dastur ham amerikalik, ham xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Biz yiliga 30,000 USD dan kam mablag‘ ajrata oladigan talabalarni qo‘llab-quvvatlaymiz;

  • CAO AQSh universitetlariga ariza topshirayotgan va 2027-yil avgustda o‘qishni boshlamoqchi bo‘lgan talabalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ariza topshirish yilida bo‘lishi kerak, ya’ni kamida AQSh 11-sinfiga teng darajada bo‘lishi zarur;

  • Transfer talabalar yoki allaqachon universitetda o‘qishni boshlagan talabalar qo‘llab-quvvatlanmaydi.

Foydali tomonlari

  • Xalqaro mutaxasislari bilan tajriba va fikr almashish imkoniyati;

  • Sertifikat va tavsiyanoma;

  • Xalqaro do'stlar orttirish;

  • Top Universitetlarga kirish imkoniyati;

Ariza topshirish jarayoni

  • Onlayn ariza formasini to‘ldirish (shaxsiy ma’lumotlar, ta’lim tarixi va qiziqishlaringiz haqida yozish);

  • Qisqa savollarga javob berish (motivatsiya, maqsadlar va dasturdan nimani kutayotganingiz haqida);

  • Kerakli hujjatlarni yuklash (agar talab qilinsa);

  • Arizani yuborishdan oldin barcha javoblarni tekshirish.

Qisqa ma'lumot

Daraja

Almashinuv (Maktab)

Davlat

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Muddati

Apr 12, 2026

Turi: regular

Format

Onlayn

Davomiyligi

Kengaytirilgan (3-9 oy)

Ariza to'lovi

Yo'q