Bu dastur Markaziy Osiyodagi (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston) yoshlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mediasavodxonlik va jurnalistika sohasida bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Ishtirokchilar dastur davomida:
soxta va ishonchli axborotni ajratishni
media orqali fikr bildirishni
jurnalistika etikasini
kontent yaratish va tahlil qilishni
o‘rganadilar.
Dastur 16–22 yosh oralig‘idagi media, jurnalistika yoki ijtimoiy masalalarga qiziquvchi yoshlar uchun mo'ljallangan. Ingliz tilini kamida o‘rta darajada bilish talab qilinadi.
Xalqaro tajribaga ega mentorlardan nazariy va amaliy bilimlar olish imkoniyati;
Ishtirokchilar dastur yakunida o‘z media loyihalarini ishlab chiqib, uni ommaga taqdim etadilar;
Dastur talablarini bajarganlarga rasmiy sertifikat beriladi;
Eng faol ishtirokchilar mentorlardan tavsiyanoma olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.