Muddat tugaganMuddati: Mar 20, 2026

CardioScope loyihasi jamoasiga qo‘shilish imkoniyati

O‘zbekiston
Muddati: Mar 20, 2026
Bepul ishtirok
Volontyorlik

Tavsif

Cardioscope inson salomatligiga qaratilgan uzoq muddatli ilmiy-ijtimoiy loyiha bo‘lib, yurak salomatligi bo‘yicha jamoatchilikning bilimini oshirish va bemorlar hamda keksa odamlarga amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan.

Loyiha nafaqat onlayn, balki offlayn faoliyatlar orqali ham amalga oshiriladi. Tanlab olingan jamoa a’zolari shifoxonalarga va keksa odamlar uylariga tashrif buyurishadi, bemorlar va keksa insonlar bilan kundalik odatlari, emotsional holati va salomatligi bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilishadi. Shuningdek, birinchi yordam, kasalliklarning asosiy sabablari va simptomlari haqida ma’lumot berishadi.

Talablar

  • Bemorlar va keksa odamlarga yordam ko‘rsatish orqali qimmatli ko‘nikmalar hosil qilish

  • Inson salomatligi, birinchi yordam va kasalliklarning asosiy sabablari haqida chuqur tushunchaga ega boʻlish

  • Jamoaviy ish va liderlik ko‘nikmalari rivojlanadi

  • Olingan ma’lumotlar asosida postlar, posterlar va infografikalar yaratish imkoniyati

  • Jamiyatga foydali hissa qo‘shish va sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirish imkoniyati

Foydali tomonlari

Loyiha siz uchun mo‘ljallangan, agar siz:

  • 16–20 yosh oralig‘ida bo‘lsangiz

  • Ilm-fanga va sog‘lom turmush tarziga qiziqasiz

  • Jamoa bilan faol ishlashga va 6 oy davomida loyihada qatnashishga tayyor bo‘lsangiz

  • Shifoxona va keksa uylariga tashriflar davomida mas’uliyatli va ehtiyotkor bo‘la olsangiz

  • Barqaror internetga ega bo‘lsangiz, topshiriqlarni va onlayn muloqotni amalga oshira olsangiz

Ariza topshirish jarayoni

Jarayon: Cardioscope ariza formasini to‘ldirishingiz kerak

Natijalar: Tanlangan nomzodlar rasmiy xabarnoma oladi va loyiha faoliyatini boshlaydilar

Qo'shimcha ma'lumot

Loyihada har 6 oyda jamoa tarkibi qayta ko‘rib chiqiladi: faol va e’tirofga loyiq hissa qo‘shgan a’zolar jamoada qoladi, qolganlarning o‘rni yangilanadi. Yangi a’zolar faqat 6 oydan keyin qo‘shiladi

Qisqa ma'lumot

Daraja

Almashinuv (Maktab) / Bakalavr

Davlat

O‘zbekiston

Muddati

Mar 20, 2026

Turi: regular

Format

Gibrid (Onlayn & Offlayn)

Ariza to'lovi

Yo'q