Caltech Engineers Without Borders tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro tanlov o‘quvchilarga fan va muhandislik sohalaridagi bilimlarini amaliy loyihalar orqali namoyish etish imkoniyatini beradi.
Dunyoning istalgan mamlakatidan o‘quvchilar qatnashishi mumkin
11–18 yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan
Fan, texnologiya, muhandislik yoki matematika (STEM) sohalariga qiziqish bo‘lishi tavsiya etiladi
Ingliz tilida test va topshiriqlarni tushunish darajasida bilimga ega bo‘lish kerak
Maxsus tayyorgarlik yoki oldingi tanlov tajribasi talab etilmaydi
Xalqaro sertifikat
Global miqyosdagi tanlov tajribasi
STEM ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati
Kuchli portfolio va universitet arizalari uchun qo‘shimcha yutuq
Dunyoning turli mamlakatlaridan ishtirokchilar bilan tanishish
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldiring
Fan va muhandislikka oid savollar hamda muammolarni yechishga asoslangan testda ishtirok eting
Natijalar hakamlar tomonidan baholanadi
Eng yaxshi ishtirokchilar sertifikat va boshqa mukofotlarga ega bo‘ladilar. Test uchun ma’lum bir fan bo‘yicha chuqur bilim talab qilinmaydi, asosiy e’tibor mantiqiy fikrlash, kreativlik va muammolarni hal qilish qobiliyatiga qaratiladi
Fee waiver (to‘lovdan ozod etish) kam ta’minlangan o‘quvchilar uchun mavjud.Buning uchun maktab direktori yoki maslahatchisi rasmiy maktab emailidan waivers@algoed.co manziliga "Fee Waiver Request" mavzusida xat yuborib, sizga fee waiver kerakligini tasdiqlashi kerak. So‘rov oddiy ro‘yxatdan o‘tish muddati tugashidan oldin yuborilishi lozim.