Ushbu dastur iqtisodiyot, biznes va xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun. 2 hafta davom etadigan ushbu tadbirda ishtirokchilar nafaqat akademik bilimlarini oshiradilar.
Bakalavr, magistr yoki PhD talabalari bo‘lishi;
Iqtisodiyot, biznes yoki xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan bo‘lishi;
Akademik va tadqiqot faoliyatga qiziqishi bo‘lishi;
Dastur davomida faol ishtirok etishga tayyor bo‘lishi.
Aviachipta, transport, ovqatlanish va yotoqxona xarajatlari qoplanadi;
Madaniy sayohatlar va ekskursiyalar;
Akademik dastur va xalqaro miqyosdagi networking;
Dastur yakunida maxsus sertifikat va ECTS kreditlari.
Berilgan havola orqali onlayn ariza formasini to‘ldiring (shaxsiy ma’lumotlar, ta’lim darajasi va soha);
Motivatsion xat yoki qisqa esseni yozing, unda dasturga nega qatnashmoqchi ekanligingizni va nima o‘rganishni xohlayotganingizni tushuntiring;
Arizangiz ko‘rib chiqiladi, tanlab olinganlar bilan bog‘laniladi va qatnashish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.
To‘liq grant: Bu variant bepul bo‘lib, sizdan Curriculum Vitae (CV) topshirish, Ariza formasini to‘ldirish, motivatsion xat yozish va yillik mavzu bilan bog‘liq ikki savolga javob berayotgan videongizni tayyorlash talab etiladi.
Qisman grant: Bu variant qatnashish uchun kamaytirilgan to‘lovni o‘z ichiga oladi va sizdan CV, Ariza formasi, dasturga nega qatnashmoqchi ekanligingizni tushuntiradigan motivatsion xat va yillik mavzu bilan bog‘liq bir savolga yozma javob berish talab etiladi.
Eslatma: Hech bir variant Ruminiyaga borish va qaytish xarajatlarini qamrab olmaydi. Viza rasmiylashtirish va aviabiletlar muassasa tomonidan ta’minlanmaydi yoki qaytarilmaydi.