Breakthrough Junior Challenge

Amerika Qo‘shma Shtatlari
Muddati: Sep 15, 2026

Tavsif

Ilm-fan va matematikani yoshlar orasida ommalashtirishga qaratilgan xalqaro video tanlovidir. Ishtirokchilar fizika, matematika yoki hayot fanlariga oid murakkab tushunchalarni oddiy, ijodiy va qiziqarli tarzda tushuntirib beruvchi 2 daqiqalik video tayyorlaydi. Tanlov yoshlarning ilmiy bilimlari, kreativligi va kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Talablar

  • 13–18 yosh oralig‘idagi o‘quvchilar qatnashishi mumkin;

  • Fizika, matematika yoki biologiya fanlariga qiziqishi bo‘lishi tavsiya etiladi;

  • Avvalgi Breakthrough Junior Challenge g‘oliblari qayta qatnasha olmaydi.

Foydali tomonlari

  • $250,000 gacha pul mukofotlari;

  • G'olibning maktabiga zamonaviy ilmiy laboratoriya quriladi;

  • Khan academy hamkorligi doirasida qo'shimcha ta'lim imkoniyatlari.

Ariza topshirish jarayoni

  • Rasmiy sayt orqali account yaratish;

  • Fizika, matematika yoki biologiya bo‘yicha murakkab mavzuni tushuntiruvchi 2 daqiqalik creative video tayyorlash;

  • Video va kerakli ma’lumotlarni platformaga yuklash;

  • Arizani submit qilish;

  • Final bosqichiga o‘tgan ishtirokchilar ommaviy ovoz berish va hakamlar baholashidan o‘tadi;

  • G‘oliblar rasmiy ravishda e’lon qilinadi.

Qisqa ma'lumot

Daraja

Almashinuv (Maktab)

Davlat

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Muddati

Sep 15, 2026

Turi: regular

Format

Onlayn

Ariza to'lovi

Yo'q