Aspire Leaders Program 2026

Amerika Qo‘shma Shtatlari
Muddati: Oct 16, 2026
O'rta (1-2 oy)
Bepul ishtirok

Tavsif

Aspire Institute tomonidan tashkil etiladigan bepul xalqaro yetakchilik dasturi. O'quv dasturi Garvard universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan.

2026-yilgi 4-cohort 21-oktabrdan 30-noyabrgacha davom etadi. Dastur to'liq onlayn va o'z sur'atingizda o'qiladigan formatda, 6 hafta davom etadi, haftasiga 3-5 soat vaqt talab qiladi, shu bois uni o'qish yoki ish bilan birga olib borish mumkin.

Dastur bosqichlari:

  • Leadership Foundations: kuchli tomonlaringizni aniqlash va yetakchilik uslubingizni shakllantirish

  • Applying Leadership: muzokara, tizimli fikrlash va madaniyatlararo muloqot ko'nikmalari

  • Yakuniy bosqich: rezyume, LinkedIn profili va shaxsiy pitch tayyorlash

  • Live masterclass'lar: Garvard professorlari va soha yetakchilari bilan jonli uchrashuvlar, oldindan yozib olingan videolar emas

Talablar

  • 18-29 yosh

  • Hozirda universitetda tahsil olayotgan yoki universitetni bitirgan bo'lish (bakalavr, magistr yoki PhD)

  • Quyidagilardan kamida biriga mos kelish: oilada birinchi bo'lib universitetga o'qishga kirgan yoki cheklangan daromadli oiladan

  • Muvofiqlik o'z-o'zini baholash asosida belgilanadi, daromad yoki oila haqida hujjat talab qilinmaydi

  • Dunyoning istalgan mamlakatidan ariza topshirish mumkin, dastur ingliz tilida o'tadi

Foydali tomonlari

  • Garvard professorlari ishlab chiqqan yetakchilik kursidan bepul foydalanish

  • Garvard professorlari va soha mutaxassislari bilan jonli masterclass'lar

  • Dasturni tugatganlik haqida bepul sertifikat

  • 195 mamlakatdan 100,000 dan ortiq bitiruvchidan iborat global hamjamiyat va networking

  • Bitiruvchilar uchun Extended Leadership Pathways: mentorlik dasturi, karyera platformalari va job simulation

  • Grant imkoniyatlari: Skills Advancement Grants $200 gacha, Community Action Award $5,000 gacha

  • Ishtirok butunlay bepul, ixtiyoriy e-credential to'plami $5

Ariza topshirish jarayoni

  1. aspireleaders.org saytidagi dastur sahifasiga kiring va "Apply" tugmasini bosing.

  2. Onlayn arizani to'ldiring: shaxsiy ma'lumotlar, ta'lim va kelib chiqish haqidagi savollar.

  3. Ariza taxminan 10 daqiqa vaqt oladi. Esse, tavsiyanoma yoki to'lov talab qilinmaydi.

  4. Arizani 16-oktabrgacha yuboring.

  5. Qabul natijasi elektron pochta orqali yuboriladi, dastur 21-oktabrda boshlanadi.

Qisqa ma'lumot

Daraja

Bakalavr / Magistratura / PhD

Davlat

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Muddati

Oct 16, 2026

Turi: regular

Format

Onlayn

Davomiyligi

O'rta (1-2 oy)

Ariza to'lovi

Yo'q