AIFU Pitch Day bu AIFU universiteti tomonidan tashkil etilgan O‘zbekistondagi yirik hackathon formatidagi tadbir. Unda jamoalar qisqa vaqt ichida real muammolar uchun innovatsion yechimlar ishlab chiqib, eng yaxshi loyihalarini sahnada taqdim etadilar. Ishtirokchilar yangi yoki mavjud loyihalari bilan qatnashib, investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega.
16–40 yosh oralig‘idagi ishtirokchilar;
Yakka yoki jamoa shaklida qatnashish mumkin;
Innovatsion loyiha yoki g‘oyaga ega bo‘lish (yangi yoki mavjud);
Texnologiya, biznes yoki ijtimoiy muammolarga yechim taklif qila olish.
$100 000 gacha investitsiya;
15 000 000 so‘mlik sovrin jamg‘armasi;
Universitetida o‘qish uchun 100% gacha grantlar;
Har bir ishtirokchi uchun sertifikat.
Rasmiy havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting;
Shaxsiy ma’lumotlar va loyiha haqida qisqacha ma’lumot kiriting;
Arizani yuboring va tasdiq xatini kuting;
Tanlangan ishtirokchilar hackathon/pitch bosqichida qatnashadi;
Loyiha ustida ishlab, finalda ekspertlar va investorlarga taqdim etadi.