AI Incubator 2026 bu onlayn dastur, va unda siz sun’iy intellekt (AI) asosida startap yaratishni o‘rganasiz. Dastur davomida g‘oyadan boshlab, MVP (boshlang‘ich mahsulot) yaratish va uni real foydalanuvchilar bilan sinab ko‘rish imkoniyati beriladi. Mentorlar va trekerlar yordamida o‘z loyihangizni rivojlantirib, hatto ilk daromad olish bosqichigacha yetib borishingiz mumkin.
16 yoshdan katta bo‘lish;
Sun’iy intellekt yoki startaplarga qiziqish bo‘lishi;
Onlayn tarzda qatnasha olish;
Jamoada ishlashga tayyor bo‘lish;
Ingliz tili darajasi kamida B2 bo‘lishi.
Texnik yoki biznes-hamkor bilan jamoada ishlash;
Xalqaro va mahalliy trekerlar hamda mentorlar qo'llab-quvvatlashi;
G'oyadan MVP va ilk foydalanuvchilargacha bo'lgan yo'lni o'tish;
Real foydalanuvchilar bilan tekshirilgan mahsulot yaratish;
Dastlabki daromad sari ilk qadamlar.
Rasmiy havola orqali saytga kiring va ro‘yxatdan o‘ting;
Onlayn ariza formasini to‘ldiring (shaxsiy ma’lumotlar va qiziqishlaringiz haqida);
Kerakli savollarga javob bering;
Arizani yuboring;
Natijalarni kuting.