A&A Excursion to CERN 2027 — Jenevadagi CERN laboratoriyasida 2027-yil 13–19-iyun kunlari oʻtadigan xalqaro dastur. U fizika va astronomiyaga qiziquvchi 15 nafar maktab oʻquvchisi va bakalavr talabasi uchun moʻljallangan. Ishtirokchilar astrozarralar fizikasi va kosmologiya boʻyicha maruzalar tinglaydi, CERN eksperimentlarini koʻradi, amaliy mashgʻulotlarda oddiy zarra detektorini yigʻadi va qisqa guruh tadqiqot loyihasi ustida ishlaydi.
Dasturni Germaniyadagi A&A Academic Office tashkil etadi. Barcha mashgʻulotlar ingliz tilida oʻtadi.
Maktab oʻquvchilari va bakalavr talabalari, jumladan 2027-yilda universitetda oʻqishni boshlaydigan maktab bitiruvchilari; istisno tariqasida magistratura talabalari ham ariza topshirishi mumkin;
Har qanday davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin;
2027-yil 13-iyunga kelib kamida 16 yoshga toʻlgan boʻlish;
STEM fanlaridan birini hozir oʻqiyotgan yoki oʻqishni rejalashtirgan boʻlish;
Fizika yoki astronomiya boʻyicha sinfdan tashqari tajriba: oʻz tadqiqot loyihasi, fan musobaqasi yoki olimpiadasi, ilmiy amaliyot;
Yaxshi ingliz tili bilimi;
Dasturning butun davomida, 13–19-iyun kunlari ishtirok eta olish.
CERN Hostelda 6 kecha yashash va barcha ovqatlanish dastur hisobidan qoplanadi;
Jenevadagi mahalliy transport va barcha dastur tadbirlari, jumladan maruzalar, tashriflar, seminarlar va materiallar qoplanadi;
Jenevaga borib-kelish yoʻli uchun 1 250 AQSH dollarigacha safar granti beriladi; u dasturdan keyin chiplar asosida qaytariladi, xohlovchilar uchun sayohatni A&A Academic Office oʻzi band qiladi;
Dasturda toʻliq ishtirok etganlarga qatnashish sertifikati beriladi.
Hujjat topshirish tartibi:
Rasmiy ariza sahifasiga kiring va onlayn ariza shaklini toʻldiring;
PDF formatda CV, motivatsion xat va oxirgi akademik transkriptni yuklang; sertifikatlar (musobaqa, olimpiada, kurslar) bitta PDF fayl sifatida qoʻshilishi mumkin;
Motivatsion xat ingliz tilida, 1–2 sahifa boʻlishi kerak: dasturdan nima olishingiz va fizika hamda astronomiya boʻyicha tajribangizni yozing;
Arizani 2026-yil 27-dekabr, Markaziy Yevropa vaqti bilan 23:59 gacha yuboring.
Muhim: ariza toʻlovi yoʻq.
Saralash bosqichlari: tanlab olingan nomzodlar 2027-yil yanvar boshida elektron pochta orqali 20 daqiqalik onlayn suhbatga taklif qilinadi. Natijalar yanvar oʻrtasida eʼlon qilinadi, tanlanganlar oʻrinni ikki hafta ichida tasdiqlashi kerak.
Qoʻshimcha shartlar: 15 oʻrindan 5 tasi A&A Masterclass bitiruvchilari uchun ajratilgan; qolgan 10 oʻrin barcha nomzodlar uchun ochiq. Viza toʻlovlari, shaxsiy xarajatlar va Shveytsariyada amal qiladigan tibbiy sugʻurta qoplanmaydi. Viza kerak boʻlgan tanlangan ishtirokchilarga rasmiy taklifnoma beriladi.
Bogʻlanish: info(at)aamasterclass.org, Stefan Amberg, dastur koordinatori.