Muddat tugaganMuddati: Mar 23, 2026

3rd Global MAB Youth Forum 2026

Italiya
Muddati: Mar 23, 2026
Juda qisqa (1-5 kun)
To'liq moliyalash
Konferensiya

Tavsif

Bu UNESCO tomonidan tashkil etiladigan eng nufuzli tadbirlardan biri bo'lib, u biosfera rezervatlarini saqlab qolish va barqaror rivojlanishga hissa qo'shmoqchi bo'lgan yosh liderlarni birlashtiradi.

Talablar

Forum 18–35 yoshdagi, UNESCO Biosfera rezervatlari bilan faol shug‘ullanayotgan yoki ularga aloqador bo‘lgan yoshlar uchun mo‘ljallangan.Ishtirokchilar soni maksimal 200 nafarni tashkil etadi.

Foydali tomonlari

  • Tanlab olingan ishtirokchilarning aviachiptalari, yashash, ovqatlanish va viza xarajatlari odatda UNESCO tomonidan qoplanadi;

  • Dunyoning 100 dan ortiq davlatidan kelgan ekologlar, olimlar va faollar bilan tanishuv;

  • Sertifikat va sovg'alar.

Ariza topshirish jarayoni

1. Online forma to‘ldirasiz

  • Siz onlayn “Expression of Interest” (qiziqish bildirish) formasini to‘ldirasiz

  • Bu sizning dasturga qiziqishingizni bildiradi

2. Kerakli hujjatlarni yuklaysiz

Asosan sizdan quyidagilar so‘raladi:

  • CV (rezyume)

  • Biosfera rezervatlari bilan bog‘liq tajribangiz haqida yozuv (≈250 so‘z)

  • Forumga nima hissa qo‘shishingiz va nimaga erishmoqchi ekaningiz (≈250 so‘z)

  • Forumdan keyin o‘rganganlaringizni qanday qo‘llashingiz (≈250 so‘z)
    3. Arizangiz ko‘rib chiqiladi

    • Tanlov raqobat asosida bo‘ladi

    • Quyidagilarga qaraladi:

      • tajriba

      • sizning g‘oyangiz

      • ta’sir (impact)

      • geografik balans, gender tenglik

    4. Natijani kutasiz

    • Tanlangan nomzodlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar beriladi

    • Hamma topshirganlar avtomatik qabul qilinmaydi

Qisqa ma'lumot

Daraja

Bakalavr / Magistratura / PhD

Davlat

Italiya

Muddati

Mar 23, 2026

Turi: regular

Format

Offlayn

Davomiyligi

Juda qisqa (1-5 kun)

Ariza to'lovi

Yo'q