1 Billion AI Film Award 2027 — 1 Billion Summit, TikTok va Seedance hamkorligidagi xalqaro AI kino mukofoti. Ishtirokchilar Seedance yordamida 5–7 daqiqalik original film yaratadi. Eng yaxshi 5 ta film 2027-yil 8–10-yanvar kunlari Dubaydagi 1 Billion Followers Summitʼda namoyish etiladi, gʻolib esa $1 000 000 bilan taqdirlanadi.
Film beshta mavzudan biriga mos kelishi kerak: jamiyat va gumanitar muammolar, haqiqat va dezinformatsiya, inson va AI, iqlim va tabiat, inson munosabatlari.
Ariza topshirish vaqtida kamida 18 yoshda boʻlish
Dunyoning istalgan davlatidagi ijodkorlar va filmmakerlar qatnasha oladi
Film 5–7 daqiqa, 16:9 gorizontal format, 1080p, MOV yoki MP4 formatida boʻlishi kerak
Film istalgan tilda boʻlishi mumkin, lekin inglizcha subtitrlar majburiy
Filmning kamida 70 foizi Seedance yordamida yaratilgan boʻlishi shart. Real suratga olingan kadrlar faqat qoʻshimcha sifatida ishlatilishi mumkin
Film aynan shu mukofot uchun yaratilgan original asar boʻlishi kerak
Film beshta mavzudan biriga mos kelishi lozim
Bir kishi bir nechta film topshirishi mumkin, har biri alohida ariza hisoblanadi
Bosh mukofot — $1 000 000 (bitta gʻolibga, bank oʻtkazmasi orqali; shaxs va talablarga muvofiqlik tekshiriladi, soliqlar uchun gʻolib javobgar)
Top 5 film Dubaydagi 1 Billion Followers Summitʼda namoyish etiladi
Ijodkorlar, platformalar va soha yetakchilari oldida ishni koʻrsatish imkoniyati
Film huquqlari muallifda qoladi, tashkilotchiga faqat namoyish va targʻibot uchun nomonopol litsenziya beriladi
Filmni 5–7 daqiqa, 16:9, 1080p, MOV yoki MP4 formatida tayyorlang va inglizcha subtitrlarni qoʻshing
Sayt orqali yuklab olinadigan intro (credits)ni filmingiz boshiga qoʻying
Tayyor filmning yopiq (private) yoki unlisted havolasini tayyorlang
Onlayn ariza shaklini toʻldiring: sizning maʼlumotlaringiz, film, u qanday yaratilgani (ishlatilgan AI vositalari) va yakuniy tekshiruv
Arizani 2026-yil 5-dekabrgacha yuboring
Muhim sanalar: arizalar 2026-yil 30-sentyabrdan ochiq; 15-dekabrda Top 10 eʼlon qilinadi va ommaviy ovoz berish boshlanadi; 25-dekabrda Top 5 maʼlum boʻladi; 2027-yil 8–10-yanvarda premyera va gʻolib eʼlon qilinadi.
Filmlar hikoya va originallik, texnik bajarilishi (personaj izchilligi, vizual sifat) hamda ijro va tovush dizayni boʻyicha baholanadi. Top 10 ni xalqaro ekspertlar komissiyasi tanlaydi.